Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 1-yanvar
1. Umumiy ma'lumot
Hayda ilovasi ("biz", "xizmat") foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilishni muhim deb biladi. Ushbu siyosat qanday ma'lumotlar to'planishi, ular qanday ishlatilishi va qanday himoyalanishini tushuntiradi.
2. To'planadigan ma'lumotlar
Hisob ma'lumotlari:
- Google yoki Telegram orqali kirganingizda: ism, elektron pochta manzili (Google da) va foydalanuvchi identifikatori
- Elektron pochta orqali kirganingizda: elektron pochta manzili
Foydalanish ma'lumotlari:
- Mashq sessiyalari (javoblar, natijalar, vaqt)
- Saqlangan savollar va statistika
- Ilova sozlamalari va tanlangan til
3. Ma'lumotlar qanday ishlatiladi
- Ilovani ishlashini ta'minlash va takomillashtirish
- Foydalanuvchi statistikasi va o'quv jarayonini kuzatish
- To'lov maqomini tasdiqlash va obunani boshqarish
- Texnik muammolarni aniqlash va bartaraf etish
4. Ma'lumotlarni uchinchi tomonlar bilan ulashish
Biz foydalanuvchi ma'lumotlarini sotmaymiz va reklama maqsadida ulashmaymiz. Faqat quyidagi holatlarda uchinchi tomonlarga ma'lumot uzatilishi mumkin:
- AWS (ma'lumotlarni saqlash va elektron pochta yuborish uchun)
- MongoDB Atlas (ma'lumotlar bazasi)
- Qonun talabi asosida
5. Ma'lumotlar xavfsizligi
Barcha ma'lumotlar HTTPS orqali uzatiladi. Parollar saqlanmaydi (parolsiz autentifikatsiya ishlatiladi). Kirish tokenlari xavfsiz saqlash mexanizmlarida (Keychain/Keystore) saqlanadi.
6. Foydalanuvchi huquqlari
Siz quyidagi huquqlarga egasiz:
- Ma'lumotlaringizni ko'rish va o'zgartirish (Sozlamalar → Hisob)
- Hisobingizni o'chirish (Sozlamalar → Hisob → Hisobni o'chirish)
- Ma'lumotlarni o'chirish so'rovi bilan bog'lanish
7. Bog'lanish
Savollar uchun: support@hayda.uz