Hayda

Prava imtihon ilovasi narxlari

Barcha tariflar bir xil to'liq funksiyalarni o'z ichiga oladi.

✅ Ro'yxatdan o'tgandan so'ng 7 kunlik bepul sinov beriladi

Tarifga nima kiradi?

1200+ rasmiy YHQ savol (barcha prava biletlari)
Video savollar (harakatlanuvchi vaziyat)
6 mashq rejimi: bilet, imtihon, mavzu, marafon, saqlanganlar, xatolar
Har bir savol uchun batafsil tushuntirish va YHQ qoidasi
Yo'l belgilari kutubxonasi (barcha rasmiy belgilar)
Statistika va zaif mavzular tahlili
Oflayn rejim — internetsiz ham ishlaydi
3 tilda: o'zbekcha lotin, o'zbekcha kirill, ruscha

🎁 Bepul sinov davri

Har bir yangi foydalanuvchiga 7 ta faol kun bepul beriladi.

"Faol kun" — siz mashq sessiyasi boshlagan kun. Faqat haftasiga bir marta kirganingizda sinov taxminan 7 haftaga yetadi. Sessiyani to'xtatib davom ettirish (resume) yangi kun sifatida hisoblanmaydi — faqat yangi sessiya boshlash bir faol kun sarflaydi.

💳 To'lov tartibi — HUMO / UZCARD

To'lov bank o'tkazmasi yo'li bilan amalga oshiriladi — ilova ichida karta raqami va summa ko'rsatiladi.

  1. 1
    Ilovani yuklab oling (bepul)
    App Store yoki Google Play'dan yuklab, ro'yxatdan o'ting. 7 kunlik bepul sinov avtomatik boshlanadi.
  2. 2
    Tarifni tanlang
    Ilova ichida "Obuna" → tarifni tanlang → to'lov ko'rsatmalari ochiladi: karta raqami va summa.
  3. 3
    Bank orqali o'tkazing
    Bankingiz ilovasi orqali ko'rsatilgan HUMO yoki UZCARD karta raqamiga summani o'tkazing.
  4. 4
    Kvitansiya rasmini yuboring
    To'lov kvitansiyasi (screenshot yoki rasm)ni Hayda ilovasidan yuklang.
  5. 5
    Faollashtirish — 24 soat ichida
    Administrator kvitansiyani tekshiradi. Ish vaqtida (9:00–22:00) odatda 1–4 soat.

Ko'p so'raladigan savollar

Bepul sinov tugagach nima bo'ladi?
Mashq sessiyasini boshlash uchun tarif sotib olishingiz kerak. Yo'l belgilari va saqlangan savollarni ko'rib turishingiz mumkin.
Tarif muddati qachon boshlanadi?
To'lovingiz tasdiqlanib, tarif faollashtirilgan kundan boshlanadi.
Muddati tugamasdan yangi tarif sotib olsam?
Yangi tarif amaldagi muddatning oxiriga qo'shiladi. 15 kun qolgan bo'lsa + 30 kun = 45 kun.
To'lovim qaytarib berilishi mumkinmi?
Tarif faollashtirilguncha so'rov yuborsangiz — to'liq qaytariladi. Faollashtirilganidan keyin — holat ko'rib chiqiladi, murojaat qiling.

Boshlashga tayyor?

7 kunlik bepul sinov bilan boshlang.